Claude Code endi dizayn ham yaratadi

Anthropic Claude Code’ga yangi /design ko‘nikmasini qo‘shdi. Hozircha tadqiqot uchun taqdim etilayotgan bu funksiya dasturchilarga kod yozishdan oldin…

Anthropic Claude Code’ga yangi /design ko‘nikmasini qo‘shdi. Hozircha tadqiqot uchun taqdim etilayotgan bu funksiya dasturchilarga kod yozishdan oldin loyiha interfeysini ko‘rish, yaratish va tahrirlash imkonini beradi.

Foydalanuvchi /design buyrug‘i orqali kerakli funksiya yoki interfeysni tasvirlaydi. Claude loyiha kontekstini tahlil qilib, tahrirlash mumkin bo‘lgan bir nechta UI artbord variantini yaratadi. Dasturchi o‘ziga ma’qul variantni tanlab, unga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.

Eng muhim jihati shundaki, dizayn tanlanganidan so‘ng Claude uni bevosita loyihaning amaldagi kodiga aylantiradi. Ya’ni dasturchi maketni qayta kodlash uchun alohida dizayn dasturiga o‘tishiga hojat qolmaydi.

Hozircha bu funksiya Claude Code CLI va Desktop versiyalarida tadqiqot preview’i sifatida mavjud. Undan Pro, Max, Team va Enterprise foydalanuvchilari foydalanishi mumkin.

Yangilanish avval Claude Design mahsulotida taqdim etilgan vizual artbord imkoniyatlarini bevosita kod yozish jarayoniga olib kiradi. Anthropic Claude Design’ni 2026-yil 17-aprelda ishga tushirgan.

Endi Claude nafaqat kod yozadi, balki avval interfeysni ko‘rsatadi, keyin uning turli variantlarini yaratadi, foydalanuvchi ulardan birini tanlaydi va shundan so‘ng dizaynni kodga aylantiradi. Bu AI yordamida frontend ishlab chiqish jarayonini sezilarli darajada qisqartirishi mumkin.

Read on AI News →