Disney’ning ilk CTOsi bir paytlar kompaniyani qahramonlaridan nusxa ko‘chirishda ayblagan AI startapiga rahbarlik qilgan

Disney o‘ziga avval ogohlantirish xati yuborgan Character.AI kompaniyasining sobiq bosh direktorini tarixidagi ilk texnologiyalar bo‘yicha direktori etib…

Disney o‘ziga avval ogohlantirish xati yuborgan Character.AI kompaniyasining sobiq bosh direktorini tarixidagi ilk texnologiyalar bo‘yicha direktori etib tayinladi.

Disney ilk bor bosh texnologiya direktori — CTO lavozimini joriy qildi. Qizig‘i shundaki, bu lavozimga tayinlangan rahbar ilgari “sehrli qirollik” o‘z intellektual mulk huquqlarini buzganlikda ayblagan AI startapini boshqargan.

Karandeep Anand Character.AI kompaniyasining sobiq bosh direktori. 2021-yilda tashkil etilgan bu kompaniya o‘shandan beri bir nechta huquqiy muammolarga duch kelib kelmoqda. Ulardan biri 2025-yil sentyabrida yuz bergan: o‘shanda Disney kompaniyaga ogohlantirish xati yuborib, uni mashhur qahramonlaridan noqonuniy foydalanishda ayblagan.

Character.AI foydalanuvchilarga generativ AI yordamida o‘ziga xos virtual qahramonlar yaratish, ular bilan suhbatlashish va muloqot qilish imkonini beradi. Disney esa avvalroq kompaniya o‘z franshizalariga tegishli mualliflik huquqi bilan himoyalangan qahramonlarni platformasida joylashtirayotganini bildirgan edi.

Disney da’vosidan tashqari, Character.AI chatbotlari foydalanuvchilarni o‘ziga zarar yetkazish va o‘z joniga qasd qilishga undagani haqidagi da’volar bo‘yicha ham sudga berilgan.

Variety nashrining yozishicha, Anandni bu lavozimga Disney’ning yangi bosh direktori Josh D’Amaro tanlagan. D’Amaro kompaniyaning avvalgi rahbari Bob Iger mart oyida lavozimidan ketganidan keyin bosh direktorlikni qabul qilib olgandi. Anandning tayinlanishi D’Amaro Disney yangi texnologiyalarni faolroq o‘zlashtirishini istayotganidan darak beradi.

Anand LinkedIn profilidagi ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil mayida Character.AI bosh direktori bo‘lishidan oldin kompaniya direktorlar kengashiga maslahatchi sifatida ishlagan. U 2015–2021-yillarda Facebook’da, undan avval esa 15 yil davomida Microsoft’da faoliyat yuritgan.

Read on AI News →