Google real vaqtdagi ovozli suhbatlar uchun yangi Gemini modellarini taqdim etdi
Google real vaqtda ovozli suhbatlar o‘tkazish va murakkab vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan Gemini 3.8 Live hamda Gemini 3.8 Live Extended Thinking…
Google real vaqtda ovozli suhbatlar o‘tkazish va murakkab vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan Gemini 3.8 Live hamda Gemini 3.8 Live Extended Thinking modellarini taqdim etdi. Yangi modellar AI bilan muloqotni yanada tabiiy qilishga qaratilgan.
Gemini foydalanuvchi gap orasida suhbatga aralashsa, bunga moslasha oladi. Tizim 97 ta tilni qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, kamera orqali ko‘rsatilgan buyumlarni tahlil qila oladi. Masalan, foydalanuvchi velosipedning buzilgan qismini kamera orqali ko‘rsatishi mumkin. Gemini muammoni aniqlab, keyin nima qilish kerakligini tushuntiradi.
Extended Thinking versiyasi suhbatni to‘xtatmagan holda murakkab, bir necha bosqichdan iborat vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan. Masalan, u davom etayotgan muloqotga xalaqit bermasdan tadbir rejasini ishlab chiqishi mumkin.
Gemini 3.8 Live Extended Thinking Artificial Analysis kompaniyasining Speech-to-Speech Quality Index reytingida 82,6 ball to‘plab, birinchi o‘rinni egalladi. U OpenAI va xAI’ning ovozli modellarini ortda qoldirdi.
Gemini 3.8 Live hozirda dasturchilar uchun Gemini API va Google AI Studio orqali taqdim etilgan.