Hakerlar Binance kriptovalyuta birjasidan 6,3 milliard dollardan ortiq mablag‘ni o‘g‘irladi
Platforma hamkorlari turli blokcheynlardagi o‘g‘irlangan mablag‘larning qariyb yarmini muzlatib qo‘ydi.
Platforma hamkorlari turli blokcheynlardagi o‘g‘irlangan mablag‘larning qariyb yarmini muzlatib qo‘ydi. Hujum ortida Shimoliy Koreyaning xakerlar guruhi turgani aytilmoqda.
CNBC xabariga ko‘ra, 29-oktabrdan 30-oktabrga o‘tar kechasi kriptovalyuta birjasi Binance tarixidagi eng yirik aktivlar o‘g‘irlanishiga duch keldi.
Platforma ma’lumotlariga ko‘ra, noma’lum xakerlar uning tizimlariga kirib, foydalanuvchilarning kriptohamyonlaridan ommaviy ravishda mablag‘ yechilishiga sabab bo‘lgan. Biroq kompaniya foydalanuvchilarning hamyonlariga kirish uchun zarur bo‘lgan maxfiy kalitlar sizdirilganiga dalil topilmaganini bildirdi.
Hujumchilar jami 6,3 milliard dollarni o‘g‘irlagan. Binance va uning blokcheyn sohasidagi hamkorlari mablag‘larning qariyb yarmini — taxminan 3 milliard dollarni — muzlatishga muvaffaq bo‘lgan.
Birja barcha zararlarni foydalanuvchilar aktivlarini himoya qilish uchun tuzilgan Secure Asset Fund for Users (SAFU) jamg‘armasi hamda o‘z mablag‘lari hisobidan qoplashini ma’lum qildi. Kompaniya foydalanuvchilar aktivlari xavfsiz qolayotganini ta’kidladi.
Xavfsizlik tekshiruvlari davomida Binance depozit va pul yechib olish operatsiyalarini vaqtincha to‘xtatdi. Kompaniya o‘g‘irlangan aktivlarni kuzatish va qaytarish uchun blokcheyn tahlili bilan shug‘ullanuvchi firmalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan bog‘landi.
Binance dastlabki tekshiruv natijalariga tayanib, tizim buzilishi “DevOps muhandisiga tegishli buzilgan noutbuk” bilan bog‘liq bo‘lganini aytdi. Xakerlar aynan shu noutbuk orqali kompaniya tizimlariga kirgan.
Keyinchalik platforma foydalanuvchilarning depozitlariga zarar yetmaganini va xizmatlar odatdagidek ishlayotganini bildirdi. Tegishli xavfsizlik tizimlari yangilangach, Binance 48 soat ichida pul yechib olish imkoniyatini qayta yo‘lga qo‘yishni kutmoqda.
Kompaniya buzilgan kompyuter orqali amalga oshirilgan hujumning to‘liq yo‘lini aniqlamoqda. Shuningdek, hodisaning asosiy sabablarini ko‘rsatadigan batafsil hisobot e’lon qilishni rejalashtirgan. Binance bu hodisa “bir nechta omil” natijasida yuz berganini aytdi.
Hujum haqidagi xabar bir nechta kriptovalyutalar narxining pasayishiga olib keldi. CoinMarketCap ma’lumotlariga ko‘ra, Bitcoin 24 soat ichida 2,3 foizga arzonlab, 78 430 dollarga tushdi. Avvalroq uning narxi 76 400 dollargacha pasaygan edi — bu sentyabrdan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkich.
Ethereum avgustdan beri ilk bor 2 200 dollardan pastga tushdi, keyin esa yo‘qotishlarining bir qismini qopladi. Uning narxi taxminan 2 244 dollarni tashkil etib, bir kun ichida 3,4 foizga pasaydi. Binance’ning o‘z tokeni BNB esa 5 foizga arzonlab, 717 dollarga tushdi.
Mutaxassislar nimalarni aniqladi