Jev: Gapirmaydigan AI modeli X tarmog‘ida ommalashmoqda

TypeSafe AI ChatGPT, Claude yoki Gemini’dan butunlay boshqa maqsadga mo‘ljallangan yangi AI modeli — Jev’ni taqdim etdi. Jev matn yaratmaydi.

TypeSafe AI ChatGPT, Claude yoki Gemini’dan butunlay boshqa maqsadga mo‘ljallangan yangi AI modeli — Jev’ni taqdim etdi. Jev matn yaratmaydi. U dasturiy ta’minot bevosita foydalana oladigan tezkor va strukturali qarorlarni qaytaradi.

Model 15-sentabr kuni taqdim etildi va dasturchilar orasida tezda katta qiziqish uyg‘otdi. Vercel ma’lumotlariga ko‘ra, AI Gateway platformasida ishga tushirilganidan 24 soat o‘tib, Jev’dan platformadagi pullik jamoalarning qariyb 13 foizi foydalana boshlagan. Bu platformadagi avvalgi modellarning barchasiga qaraganda tezroq o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘lgan.

Jev’ning farqi nimada?

Hozirgi AI modellarining aksariyati odamlar bilan muloqot qilishga moslashtirilgan. Foydalanuvchi savol beradi, model esa matn, kod yoki boshqa turdagi kontent ko‘rinishida javob yaratadi. Jev esa boshqacha ishlaydi.

Model ma’lumotni oldindan belgilangan variantlar bilan birga qabul qiladi va tanlangan qarorni unga mos ehtimollik darajasi bilan qaytaradi. Masalan, mijozning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yuborgan xabari quyidagicha tasniflanishi mumkin:

“to‘lov bilan bog‘liq muammo” — 87 foiz ehtimol yoki “pulni qaytarish so‘rovi” — 91 foiz ehtimol.

Shu tariqa dastur LLM yaratgan uzun va erkin shakldagi javobni qayta ishlashiga hojat qolmaydi — natijadan bevosita foydalanish mumkin. TypeSafe bu yondashuvni System One Models deb ataydi. Kompaniya ta’kidlashicha, Jev natijalarni oldindan belgilangan struktura asosida chiqaradi. Ya’ni model aloqasiz javob yaratolmaydi yoki talab qilingan formatni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirmaydi.

Asosiy ustunlik: tezlik va arzonlik

Jev an’anaviy LLM’lardan farqli ravishda matnni tokenma-token, ketma-ket tarzda yaratmaydi. TypeSafe ma’lumotlariga ko‘ra, model parallel sampling arxitekturasi va Reinforcement Learning for Calibrated Decisions (RLCD) deb ataladigan yondashuvdan foydalanadi.

Kompaniya hisob-kitobiga ko‘ra, Jev’da 1 million kiruvchi token 0,042 dollar turadi, chiquvchi ma’lumotlar esa bepul. Model natijani taxminan 70–500 millisekund ichida qaytara oladi.

TypeSafe’ning ichki testlari Jev ayrim vazifalarda odatiy LLM asosidagi jarayonlardan yuzlab marta tezroq va arzonroq ishlashi mumkinligini ko‘rsatgan. Biroq bu raqamlar kompaniyaning o‘z sinovlariga asoslangan, shuning uchun ularni barcha AI ilovalariga tatbiq etib bo‘lmaydi.

Jev’dan amalda nima uchun foydalaniladi?

Read on AI News →