Kuzning asosiy startap haftaligi: ICT Week 2026 doirasida nimalar bo‘ladi?

22–25-sentabr kunlari Toshkentdagi CAEx majmuasida ICT Week Uzbekistan 2026 bo‘lib o‘tadi.

22–25-sentabr kunlari Toshkentdagi CAEx majmuasida ICT Week Uzbekistan 2026 bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi dasturda texnologik tadbirkorlik, venchur bozori va xalqaro miqyosga chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadbirda mahalliy va xorijiy asoschilar, venchur fondlar, biznes farishtalari, global texnologik kompaniyalar vakillari va boshqa ishtirokchilar…

Dastur bir nechta ixtisoslashgan tadbirlarni birlashtiradi. Ularda startap jamoalari o‘z loyihalarini taqdim etishi, yangi imkoniyatlar va foydali aloqalar topishi mumkin. Investitsiya hamjamiyati esa istiqbolli yechimlar va potensial hamkorlar bilan tanishadi. ICT Week barcha ishtirokchilar uchun networking va tajriba almashish maydoniga aylanadi.

Startup & Venture Summit — startap dasturining asosiy boshlanish nuqtasi

Startup & Venture Summit 22-sentabr kuni o‘tkaziladi. Tadbirda dunyoning turli mamlakatlaridan asoschilar, investorlar va startap ekotizimi vakillari jamlanadi.

Dastur markazida mintaqa venchur bozorini rivojlantirishning navbatdagi bosqichi turadi. Unda mahalliy startaplarni rivojlantirish, kapital jalb qilish, xalqaro bozorlarga chiqish, shuningdek, ekotizim o‘sishida davlat va xususiy investorlarning roli muhokama qilinadi. Texnologik kompaniyalar asoschilari, venchur fondlar vakillari va innovatsion bizneslar bilan ishlaydigan tashkilotlar rahbarlari sahnaga chiqadi. Sammit butun ICT Week startap dasturiga start beradi va keyingi kunlarda davom etadigan asosiy mavzularni belgilab beradi.

Enterprise Uzbekistan Summit — xalqaro biznes uchun yangi texnologik yurisdiksiya

23-sentabr kuni O‘zbekistonni yangi texnologik yurisdiksiya sifatida rivojlantirishga bag‘ishlangan Enterprise Uzbekistan Summit bo‘lib o‘tadi. Tadbirda huquqiy aniqlik, institutsional infratuzilma, global texnologik kompaniyalar va investitsiyalarni jalb qilish uchun yaratilayotgan sharoitlar asosiy mavzu bo‘ladi.

Dasturdan Enterprise Uzbekistan vakillarining taqdimotlari, EY va BDO ekspertlarining asosiy ma’ruzalari, IT Park Uzbekistan hamda Enterprise Uzbekistan ishtirokidagi ochiq suhbat, shuningdek, “Global texnologik iqtisodiyot uchun yurisdiksiyalarni qayta ko‘rib chiqish” mavzusidagi panel muhokamasi o‘rin olgan.

Ishtirokchilar xalqaro kompaniyalar nima sababdan O‘zbekistonda biznes yuritishni tanlayotgani, ekotizimdagi asosiy institutlar o‘rtasida vazifalar qanday taqsimlangani va texnologik iqtisodiyotning keyingi o‘sishi uchun qanday tartibga solish shartlari zarurligini muhokama qiladi.

Global Startup Ecosystem Awards by StartupBlink — eng yaxshi startap ekotizimlarini e’tirof etish

Shu kuni StartupBlink va IT Park Uzbekistan hamkorligida Global Startup Ecosystem Awards maxsus tadbiri ham o‘tkaziladi. Marosimda StartupBlink’ning global reytinglarida yuqori o‘rinlarni egallagan shaharlar, mamlakatlar va mintaqalar taqdirlanadi.

Marosimdan so‘ng “Startap ekotizimini rivojlantirishning eng yaxshi amaliyotlari” mavzusida panel muhokamasi bo‘lib o‘tadi. Unda yetakchi ekotizimlar vakillari o‘sish omillari, resurslarni taqsimlash ustuvorliklari va rivojlanayotgan texnologik bozorlar uchun amaliy yondashuvlar bilan o‘rtoqlashadi.

Read on AI News →