Meta skreyping va AI’ni o‘qitish bilan bog‘liq xavotirlarga sabab bo‘lgan bandni olib tashladi

Meta vakili yangilangan shartlar kompaniyaning internetni skreyp qilish usulida o‘zgarish bo‘lganini anglatmasligini ta’kidladi.

Meta vakili yangilangan shartlar kompaniyaning internetni skreyp qilish usulida o‘zgarish bo‘lganini anglatmasligini ta’kidladi.

Yaqinda Meta tijoriy foydalanish shartlarini yangiladi. Unda kompaniya biznes akkauntiga tegishli “domenlar, veb-sahifalar yoki URL manzillardagi istalgan kontentdan Meta mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish, ishlab chiqish, yaxshilash, tadqiq qilish, o‘qitish hamda ularning yaxlitligini ta’minlash uchun” foydalanishi mumkinligi qayd etilgandi.

Nieman Lab suhbatlashgan huquqshunoslar bu bandni “juda noodatiy qoida” deb baholadi. Ularning fikricha, bu Meta’ga biznes akkauntiga ega istalgan nashriyot saytini skreyp qilish va undagi kontentdan kompaniyaning AI modellarini o‘qitishda foydalanish huquqini berishi mumkin edi. Meta o‘tgan yili mualliflik huquqi buzilgani haqidagi shov-shuvli da’voda g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, kompaniya, jumladan Meta’ga qarshi boshqa ishlar hamon davom etmoqda.

Biroq Meta vakili yangilangan shartlar kompaniyaning internetni skreyp qilish usulida o‘zgarish bo‘lganini anglatmasligini aytdi. Endi esa The Verge xabariga ko‘ra, ushbu band olib tashlangan.

“Keltirgan fikrlaringizni eshitdik va vaziyatga aniqlik kiritmoqchimiz: biz bir joyga jamlagan skreypingga oid shartlar faqat reklama va biznes mahsulotlarimizga taalluqli edi. Buni shartlarning o‘zida ham aniq ko‘rsatdik”, — deyiladi kompaniya bayonotida. “Bu Meta’ning veb-kreylerlardan qanday foydalanishiga ta’sir qilmaydi.”

Read on AI News →