O‘zbekiston va Janubiy Koreya sanoatda AI texnologiyalarini birgalikda joriy etishni rejalashtirmoqda

Tomonlar, shuningdek, Toshkent tomonidan sakkizta tezyurar poyezd xarid qilinishi va milliy biobank tashkil etilishi imkoniyatlarini o‘rganmoqchi.

Tomonlar, shuningdek, Toshkent tomonidan sakkizta tezyurar poyezd xarid qilinishi va milliy biobank tashkil etilishi imkoniyatlarini o‘rganmoqchi.

Spot avval xabar berganidek, Shavkat Mirziyoyev va Janubiy Koreya prezidenti Lee Jae Myung Seul shahrida muzokara o‘tkazdi. Uchrashuvda umumiy qiymati 12 milliard dollar bo‘lgan istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari ma’lum qilindi.

Muzokaralardan so‘ng tomonlar ikki tomonlama hujjatlarni almashdi. Hujjatlar to‘plamidan “savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, gumanitar va hamkorlikning boshqa yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishga qaratilgan shartnoma hamda kelishuvlar” o‘rin oldi.

Transport, aviatsiya, qishloq xo‘jaligi, turizm, sun’iy intellekt, texnik ko‘mak, ta’lim, tibbiy mahsulotlarni tartibga solish, atrof-muhitni muhofaza qilish, intellektual mulk huquqlari, arxivlar va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatlar imzolandi.

The Korea Herald nashrining yozishicha, jami 13 ta kelishuv va anglashuv memorandumi imzolangan. Jumladan, O‘zbekistonning davlat kompaniyasi Uztechtrade Janubiy Koreyaning Korea Aerospace Industries kompaniyasi bilan mudofaa sohasida hamkorlik shartnomasini tuzgan.

Tomonlar O‘zbekiston rejalashtirayotgan sakkizta tezyurar poyezdni xarid qilish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asosni tayyorlashga kelishib oldi. Bundan tashqari, EDCF ishtirokida milliy biobank va genomika markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Memorandumlardan biri raqamli sanoatdagi hamkorlikni kengaytirish va AI asosidagi innovatsiyalarni joriy etishni nazarda tutadi. Tomonlar bilim almashish, mutaxassislar tayyorlash va infratuzilmani rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlik qilmoqchi.

Bundan tashqari, Korea Eximbank va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Toshkent strategik deb belgilagan olti yo‘nalishda istiqbolli loyihalarni aniqlash va moliyalashtirish mexanizmini yaratishga kelishib oldi. Ular quyidagilardan iborat:

— muhim foydali qazilmalarni qazib olish;

— AI va ma’lumotlar markazlarini rivojlantirish;

— aqlli shaharlar;

— Janubiy Koreya kompaniyalari uchun sanoat zonasini tashkil etish;

Read on AI News →