Startup Garage Grand Demo Day’da 235 ming dollarlik dastlabki investitsiya va’dalari olindi
Startup Garage’ning uchinchi mavsumiga bag‘ishlangan Grand Demo Day tadbiri School 21 markazida bo‘lib o‘tdi.
Startup Garage’ning uchinchi mavsumiga bag‘ishlangan Grand Demo Day tadbiri School 21 markazida bo‘lib o‘tdi. Ikki oy davom etgan saralash va akseleratsiya jarayonidan so‘ng 10 ta startap final bosqichiga chiqdi. Bitimchi AI, ReMagnit, ASOX Market, Nomad Rivals, DentaGo, Swipies AI, ALBUS, HRHub, Visitca va FinSight o‘z loyihalarini taqdim etdi.
Qaysi startaplar dastlabki investitsiya va’dalarini oldi?
Bitimchi AI — 105 ming dollar
SQB Ventures — 50 ming dollar
Imkon Ventures — 20 ming dollar
UC Ventures — 30 ming dollar
CS Angels — 5 ming dollar
Bitimchi AI bizneslarga huquqiy va buxgalteriya jarayonlarini yagona platforma orqali boshqarishda yordam beradigan AI yechimini ishlab chiqmoqda. Platformada shartnomalar tuzish va tahlil qilish, soliqlarni hisoblash, kontragentlarni STIR orqali tekshirish, hujjatlarni Didox orqali yuborish hamda AI asosidagi huquqiy yordamchidan maslahat olish imkoniyatlari mavjud.
FinSight — 60 ming dollar
Imkon Ventures — 20 ming dollar
AloqaVentures — 20 ming dollar
UC Ventures — 20 ming dollar