Sudanda Hugging Face’ga qilingan xakerlik hujumiga sabab bo‘lgan xavfli ishlanmalarni to‘xtatish talab qilindi
Notijorat tashkilotning ta’kidlashicha, OpenAI o‘zining “xavfsiz bo‘lmagan qarorlari oqibatida boshqalarga zarar yetkazmoqda”.
Notijorat tashkilotning ta’kidlashicha, OpenAI o‘zining “xavfsiz bo‘lmagan qarorlari oqibatida boshqalarga zarar yetkazmoqda”.
Hugging Face’ga qilingan xakerlik hujumidan keyin LASST xodimlari odatiy ishlarini vaqtincha chetga surib, “ushbu hodisa bo‘yicha regulyatorlar uchun brifing tayyorlash, uni muvofiqlashtirish va o‘tkazishda” qatnashgan. Shundan so‘ng ular qo‘shimcha mehnat talab qilgan yana bir nechta brifing so‘rovlariga javob bergan. Da’vo arizasida aytilishicha, LASST xodimlari OpenAI’ning xavfli ishlanmalari oqibatlarini bartaraf etishga o‘nlab ish soatini sarflagan.
“LASST’ning boshqa dasturlariga ta’sir qilganiga qaramay, tashkilot OpenAI’ning noqonuniy xatti-harakatlariga qarshi choralar ko‘rishga o‘z resurslarini yo‘naltirishda davom etdi… Agar LASST ushbu sud ishida g‘alaba qozonsa, OpenAI ichki sinovlar vaqtida uchinchi tomonlarni buzib kirishga yuboradigan AI agentlari bilan bog‘liq noqonuniy va insofsiz biznes amaliyotlariga qarshi kurashish uchun resurslarini boshqa yo‘nalishdan burishga hojat qolmaydi”, deyiladi da’vo arizasida.
Sud taqiqi so‘ralmoqda
Da’voda suddan chiqariladigan taqiq OpenAI’ni “o‘zi yoki ishlab chiqqan, ishga tushirgan, o‘zgartirgan yoxud foydalangan sun’iy intellekt agentlari orqali ruxsatsiz ravishda har qanday kompyuter, kompyuter tarmog‘i yoki kompyuter tizimiga bila turib kirishdan yoki bunga sabab bo‘lishdan”, shuningdek “jamoatchilikka jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan insofsiz biznes amaliyotini bila turib qo‘llashdan” qaytarishi kerakligi aytilgan.
AQSh Kongressidagi har ikki yirik partiya vakillari OpenAI’dan izoh va tushuntirish talab qildi. Taklif etilgan “AI Kill Switch Act” qonuni esa AQSh hukumati vakillariga xavfli AI tizimlarini o‘chirish haqida buyruq berish vakolatini berishi mumkin.
LASST jamoatchilikni AI xavflaridan himoya qilish uchun yangi qoidalar zarurligini bildirdi. Biroq tashkilot Kaliforniyada amalda bo‘lgan qonun yangi me’yorlar qabul qilinishini kutmasdan ham AI kompaniyalarini jilovlashga imkon berishini ta’kidladi. Chunki bu qonun “hozirning o‘zida biznes va iste’molchilarga yetkazilayotgan zararlarga qarshi choralar ko‘rish imkonini beradi”.
“Biz bu da’voni OpenAI qonunni buzgan va buning uchun javob berishi kerak, deb hisoblaganimiz sababli kiritmoqdamiz”, dedi tashkilot. “OpenAI va umuman ilg‘or AI ishlab chiquvchilari ‘buni AI qildi’ deb aytish bilangina xavfli harakatlari oqibatidan qochib qutula olmaydi. Sud aralashmaguncha, avtonom AI agentlari xakerlik hujumlarini amalga oshirishda, ma’lumotlarni o‘g‘irlashda, tizimlar ishini izdan chiqarishda va huquqlarni buzishda davom etadi.”